Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koloradoda ichimlik suvi tarmog‘i psixofaol modda bilan zaharlandi
Amerikaning Kolorado shtati Xyugo shahri hukumati shahar ichimlik suvi tarmog‘ida psixotrop ta'sirga ega kannabinoidlardan biri hisoblanuvchi tetragidrokannabinol moddasini aniqladi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.
Ammo, hozircha, suvning zaharlanishi qasddan amalga oshirilganmi, yo‘qmi noma'lum. Biroq, shaharni ichimlik suvi bilan ta'minlovchi beshta asosiy quduqdan biriga yotta'sir ko‘rsatilganini payqash mumkin, deyiladi xabarda. Mazkur yopib qo‘yilganiga qaramay, mutaxassislar ichimlik suvi tarmog‘i butunlay zaharlanganini taxmin qilishmoqda.
Shahar aholisi suvni iste'mol qilmaslik, taom hozirlashda qo‘llamaslik bo‘yicha ogohlantirilgan.
Kannabioidlar, insonni o‘zini tutishiga, mashina boshqaruviga salbiy ta'sir etishi, bexosdan xavotirlanishga va ruhiy asab buzilishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
20:39 / 01.05.2025
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi
19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
12:07 / 15.04.2025