Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda birinchi «Sayg‘oqchi» buyurtma majmuasi barpo etiladi
Qoraqalpog‘iston respublikasi Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlarida «Sayg‘oqchi» maxsus yovvoyi tabiat qo‘riqxonasi tashkil etiladi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz sayti Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslangan holda.
Majmuaning tashkil etilishi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 22-iyuldagi «Qo‘riqxona majmualari faoliyatini tashkil etish va ularni barpo etish bilan bog‘liq masalalarni tartibga solish to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Ushbu qarorga muvofiq, yangi tashkil etiladigan qo‘riqxona majmuasiga sayg‘oqlar va boshqa nodir hamda kamyob jonivorlarning o‘sishi, yashashi va ko‘payishi uchun tabiiy maqbul sharoitlarga ega deb topilgan 628,3 ming gektar yer maydoni doimiy foydalanish uchun beriladi.
Bundan tashqari, hududdagi xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatlarning salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida 219,8 ming gektar yer maydoni qo‘riqlanuvchi hudud sifatida belgilangan. Mazkur hududdagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulklar, yer uchastkalari o‘z egalari ixtiyorida qoladi.
Qo‘mitada ta'kidlanganidek, maxsus majmuaning barpo etilishi bilan sayg‘oqlar va boshqa turdagi noyob hamda yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar sonining ko‘payishiga imkoniyat yaratiladi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025