Sport | 17:14 / 30.07.2016
6037
1 daqiqa o‘qiladi
Sebastyan Fettel «tez yordam» mashinasida poygaga chiqdi
Formula-1 bo‘yicha to‘rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel o‘ziga xos poygada qatnashdi: «tez yordam» mashinasida.
Fettel «tez yordam» mashinasini haydayotganda uning asl haydovchisi Aleks Knepton Fettelning 670 ot kuchiga ega Ferrari 488 GTB poyga mashinasini boshqardi va ular o‘rtasida poyga bo‘lib o‘tdi.
42 marta Formula-1 Gran-prilari g‘olibi Fettel belgilangan masofani «tez yordam» mashinasida 2 daqiqa 10,48 soniyada bosib o‘tdi. Knepton esa 1 daqiqa 17 soniyada.