Sport | 21:35 / 31.07.2016
8955
1 daqiqa o‘qiladi

Anchelotti Riberining o‘zini maydonda tutishidan norozi bo‘ldi

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa yarim himoyachisi Frank Riberini International Champions Cup turniri doirasida «Inter»ga qarshi kechgan o‘yin vaqtida sariq kartochka olishiga sabab bo‘lgan harakati uchun tanqid qildi.

«Men Frankka maydonda o‘zini tuta olmaydigan futbolchilarni yoqtirmasligimni aytdim. Raqib ivg‘o qilish-qilmasligidan qat'i nazar.

Riberi bu o‘yinga jamoani sardor sifatida boshlab tushgandi. Men undan tinchlanishni so‘rashga majbur bo‘ldim. Shundan so‘nggina, u o‘zini bosib oldi», – degan Anchelotti.

Myunxenliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yin vaqtida Riberi o‘ziga qo‘pollik qilgan Felipe Meloga tashlangan va sariq kartochka ishlagan.