Jamiyat | 22:50 / 01.08.2016
20496
2 daqiqa o‘qiladi

Van Damm avstraliyalik jurnalistlarning savollaridan jahli chiqdi

Foto: Videodan olingan kadr

Aktyor Jan-Klod Van Damm Sunrise teleshousi vaqtida avstraliyalik jurnalistlardan jahli chiqib, intervyu vaqtida studiyadan chiqib ketdi. Bunga aktyorga 25 yildan beri berilayotgan bir xil savollar, jumladan uning avstriyalik qo‘shiqchi Kayli Minoug bilan munosabatlari haqidagi savol sabab bo‘lgan. Bu haqda Mashable portali xabar bermoqda. 

Van Dammning qo‘shiqchi bilan ishqiy munosabatlari haqidagi savol jahlini chiqargan. Aktyor qo‘shiqchi bilan 1994 yilda "Ko‘cha jangchisi" ("Ulichnyy boyets") filmining suratga olinishi vaqtidan beri uchrashib kelgan. 

"Men 55 yoshdaman. Men 35 yoki 25 damasman. Mening hayotga qarashlarim endi o‘zgacha va biz bu haqda Avstraliyada gaplashmoqdamiz. Bu savollar – zerikarli. Bunday savollarga javob berishim qiyin, men ulardan terlay boshlayman. Keyingi savol? Qiziqarliroq savollar bormi yana?", deb aytgan aktyor va o‘zidagi mikrofonni olib tashlagan.  

So‘ngra aktyor Avstraliyadagi vaziyat haqida gapira turib so‘kinib, studiyani tark etgan. Intervyu jonli efirda ketgan.