Jamiyat | 14:50 / 03.08.2016
9356
1 daqiqa o‘qiladi
Ikki qo‘lidan ajralgan ping-pong yulduzi: Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q
Misrlik Ibrohim al-Hussayniy Hamato 10 yoshida poyezdda ro‘y bergan halokat tufayli ikki qo‘lidan ajralgan. Biroq u “Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q” shiori yordamida nafaqat mustaqil hayot kechira oldi, balki xalqaro sport yulduziga ham aylandi.
Halokatdan uch yil o‘tib, u ping-pong bo‘yicha misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishdi. U nogironlar orasida o‘tkazilgan o‘yinlarda bir qator mukofotlarni qo‘lga kiritdi, oltita xalqaro mukofot ham shular jumlasidandir.
U bu borada shunday dedi: “Mening shiorim – ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Men og‘zim bilan ping-pong o‘ynayman va ko‘zguda aksimni ko‘rgunga qadar qo‘llarim yo‘qligini his qilmayman”.