Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pele Rio-de-Janeyro Olimpiadasi mash'alasini yoqish taklifini oldi
Afsonaviy braziliyalik, "futbol qiroli" Pele "Marakana" stadionida Rio-de-Janeyro Olimpiadasi ochilishi marosimida Olimpiya mash'alasini yoqish taklifini oldi. Pele bu haqda Globo telekanalida ma'lum qildi.
"Braziliya Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Karlos Artur Nuzman va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax shaxsan o‘zlari menga bu taklifni bildirishdi. Biroq mening shartnomalarim bor va men bu vaqtda mamlakat tashqarisida bo‘laman. Agar men avvalroq olingan majburiyatlarimni boshqa paytga ko‘chira olsam, unda men buni amalga oshirishdan juda xursand bo‘laman, bu katta sharaf. Biroq men alangani yoqa olishim borasida hozircha hech narsa ayta olmayman", deb aytdi Pele. "Futbol qiroli" uning marosimda ishtirok etishi masalasi 4 avgustda hal qilinishi kerakligini aytdi.
Pele FIFA talqini bo‘yicha 20-asrning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. 1999 yilda XOQ braziliyalikni u biror marotaba Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmagan bo‘lsa-da, 20-asr sportchisi deb tan olgandi.
Avvalroq Pele Olimpiadaga bag‘ishlab, "Umid" (Esperança) deb nomlangan qo‘shiq yozganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
01:43 / 30.12.2022
«Alvido, Qirol». Pele merosi haqida
00:36 / 30.12.2022
Pele vafot etdi
13:24 / 28.12.2022
«Futbol qiroli saraton bilan kurashda tobora taslim bo‘lmoqda». Pelening ahvoli og‘irlashdi, Braziliyada tayyorgarlik boshlangan
09:33 / 04.12.2022