Jamiyat | 12:46 / 05.08.2016
8024
1 daqiqa o‘qiladi
Kristofer Nolanning «Dyunkerk» filmi birinchi tizeri namoyish etildi
Amerikalik rejissyor Kristofer Nolanning «Dyunkerk» filmi ilk tizeri internetda namoyish etildi. Bu haqda 4 avgust kuni Variety portali ma'lum qilgan.
Bir daqiqadan oshuvchi rolik Warner Bros. Picture kompaniyasining YouTube tarmog‘idagi kanalida joylashtirilgan. Aynan mana shu kompaniya filmni suratga olgan.
Filmda 1940 yilda Dyunkerk operatsiyasida omon qolgan britan, fransuz va belgiyalik askarlar haqida hikoya qilinadi. Ular Fransiyaning Dyunkerk shahri yaqinidagi qirg‘oqlarda nemislar tuzog‘iga tushib qoladi.
Kartinada Tom Xardi, Killian Merfi, Kennet Brana va boshqalar suratga tushgan. Uning premerasi 2017 yilning 21 iyulida bo‘lib o‘tadi.