Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya armiyasi Halab janubidagi 800dan ortiq jangarini yo‘q qildi
Suriya armiyasi "Jaysh al-Fath" birlashgan qurolli koalitsiyaning Halab janubi va janubi-g‘arbida amalga oshirgan hujumini qaytardi. Al-Watan gazetasining saytida ma'lum qilinishicha, Suriya armiyasi askarlari va ko‘ngillilar bir sutka ichida 800dan ortiq terrorchini yer tishlatgan, o‘nlab zirhli texnikalarni safdan chiqargan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, hukumat kuchlari Ramusning janubiy chekkalarida joylashgan harbiy bilim yurtlari hududlaridagi pozitsiyalarini qaytarib olishga hozirlik ko‘rmoqda.
Suriya Qurolli kuchlari vakili, shuningdek, jangari guruhlarning janubiy Shayx-Said chekkalarini nazorat qilayotgani to‘g‘risidagi muxolifat xabarlarini rad etgan.
Al-Watan nashriga ko‘ra, hukumat kuchlari Ramusda ayovsiz janglar davom etayotgani bois, xalqa yo‘lining Ramusdan o‘tuvchi hududini vaqtincha yopib qo‘ygan. Halabning Suriya armiyasi nazoratidagi hududlariga kiruvchi mashinalar aylanma yo‘llar orqali harakatlanmoqda.
Msherfa aholi punktida ham keskin to‘qnashuvlar yuz bergani haqida xabar qilinayapti. Ayni chog‘da, Al Mayadeen telestansiyasi "Jaysh al-Fath" guruhining "Halabni butunlay ozod etish jangini boshlashi" haqidagi kommyunikesini e'lon qilgan. Shu maqsadda, shaharning janubiy chekkalariga qo‘shni Idlib va Xama viloyatlaridan yordamchi jangari kuchlar tashlanmoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025