Turkiya Yevropa Ittifoqiga qochqinlar bo‘yicha ultimatum qo‘ydi
Turkiya agar Bryussel Turkiya fuqarolari uchun viza cheklovlarini bekor qilish sanasini belgilamasa, Yevropa Ittifoqi bilan migratsion kelishuv doirasidagi majburiyatlarini bajarishni to‘xtatadi, deb aytdi Turkiyaning YeI ishlari bo‘yicha vaziri Omer Chelik.
Yevrokomissiyaning Turkiya tomonidan vizalarning bekor qilinishi shartlarining bajarilishi bo‘yicha hisobotda Anqaraga bajarishi uchun ko‘prok vaqt talab qilinadigan 2 ta band va yaqin orada bajarilishi kerak bo‘lgan 5 ta band keltirilgan. Ularning orasida Turkiya aksilterrorchilik qonunchiligining o‘zgartirilishi sharti bor. Aynan shu shart Turkiya hukumatining e'tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Chelikning aytishicha, Turkiya aksilterrorchilik qonunchiligiga Bryussel talab qilayotgan o‘zgarishlarning kiritilishi Yevropaning xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadi.
Mavzuga oid
18:56 / 19.11.2024
YeI Xitoy kompaniyalaridan ishlab chiqarishlarini Yevropaga joylashtirishni talab qiladi
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
18:48 / 05.11.2024