Farzandining o‘limidan keyin boshqa go‘daklar hayotini saqlab qolgan ona hikoyasi
O‘g‘lidan ajralgan ona 17 500 untsiya ko‘krak sutini boshqa bolalarga taqdim etib, tarixda o‘z nomini qoldirdi.
Demi Frendsen Nebraska shtatidagi Omaha bolalar shifoxonasi va Donorlik tibbiy markaziga 131 gallon ko‘krak sutini taqdim qilib, eng yirik miqdorda ona sutini topshirilgan shaxs sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.
Bunday savobli ishga qo‘l urishga Demi va Jyeff oilasidagi mudhish voqea sabab bo‘ldi. Juftlikning o‘g‘li muddatidan 2 oy ilgari kesercha kesish orqali dunyoga keldi. Bola qorin bo‘shlig‘idagi tug‘ma nuqson - gastroshizis bilan tug‘ilgan. Omaha bolalar shifoxonasining intensiv davolash bo‘limi xodimlari Leoning hayotini saqlab qolish uchun 10 oy davomida kurashishdi. Biroq 2015 yilning 22 oktabrida u hayotdan ko‘z yumdi.
Farzandidan judo bo‘lgan ona qiyin vaziyatda qolgan bo‘lsa-da, o‘zini qo‘lga olib, shifokor-konsultant Tammi Li Martin tavsiyasi bilan ko‘krak sutini boshqa bemor go‘daklarga tortiq qilishga qaror qildi. Shifokorning aytishicha, Demi ona sutiga muhtoj bolalarga yordam berish uchun uning suti qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushungan.
"Men o‘zim kabi qiyin vaziyatda qolgan onalarga yordam berishni xohlayman. Ularning hayotini saqlab qolish uchun kichik bo‘lsa-da hissamni qo‘shsam, buni o‘zim uchun faxr deb bilardim", - deydi Demi.
Shifokor Martinning so‘zlariga ko‘ra, Leoning hayoti qisqa bo‘lgan bo‘lsa-da, u o‘zidan keyin boshqa oilalarga yordam beradigan ajoyib tuhfa qoldirdi.
Mavzuga oid
13:42 / 23.11.2024
Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
09:45 / 10.09.2024
Jizzaxda uch aka-uka shifoxonada bezorilik qildi
12:46 / 09.08.2024
Qashqadaryoda yo‘qolib qolgan ayolning jasadi shifoxonadagi lift shaxtasidan topildi
14:32 / 25.07.2024