Fotojamlanma: Riodan eshitilgan o‘zbek na'rasi
Zarba...
Nafas olish...
Himoya...
Raqibning ko‘ziga tik qarash, uni o‘rganish, oldinga qadam.
Zarba...
Nafas olish...
Himoya...
Yurt bayrog‘i osilgan maydonda bellashish manaman degan mardning ham belini bo‘kkuvchi salobat beradi. O‘sha yurtning eng zo‘r erkaklari ham bu lahzalarda o‘zlarini biroz bo‘lsada yo‘qotishadi. Chunki Vatan bayrog‘i sharafini oqlash ilohiy nazar tushmagan odamga nasib qilmasa, har kimga ham buyurmaydi. Qolaversa, bu bayroq zamirida butun xalq,butun millat or-nomusi yotadi. U hech qachon o‘zgasidan past bo‘lmasligi kerak.
Ayni kunlarda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbek bokschilari yana bir bor o‘z kuchlarini butun dunyoga namoyish etmoqdalar. Rustam To‘laganov, Fazliddin G‘oyibnazarov, Hasanboy Do‘stmatov, Shahram G‘iyosov, Elshod Rasulov kabi sportchilarimiz yurt bayrog‘iga munosib, butun el or-nomusini zimmaga olib, bellashuvlarda zafar quchishayotir.
Bugun o‘zbek bokschining bergan zarbi Okean ortidan eshitilayotir...
Bugun o‘zbek o‘g‘lonining na'rasi raqiblarni shoshirayotir...
Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi