Jahon | 18:09 / 11.08.2016
12157
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasining 76 nafar xodimi o‘limida kim aybdor

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics ishlab chiqaruvchisi kompaniyaga qarashli zavodlarda ishchilarning qanday kimyoviy moddalar bilan ishlashlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi ma'lumotlarni yashirganligiga doir dalillarni inkor qilmoqda. Bu haqida VVS ma'lum qildi

OAVning xabar qilishicha, ishchilarning oila a'zolari Samsung'ning taxminan 200 nafar xodimi jiddiy kasalliklardan, jumladan saratondan aziyat chekayotganligini ta'kidlashmoqda. Ularning fikricha, aynan zaharli moddalar bilan ishlash 76 nafar xodimning o‘limiga sabab bo‘lgan. 

Ma'lum bo‘lishicha,  Samsung zaharli kimyoviy moddalar haqidagi ma'lumotlarni tijorat siri niqobi ostida yashirib kelgan. 

Janubiy Koreya kompaniyasi rasmiy ma'lumotida qo‘yilgan bu ayblovlarni inkor qilib, ularning asossiz ekanligini aytdi. 

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, kompaniyalar tijorat siri hisoblangan ma'lumotlarni oshkor qilishga majbur emaslar.