Toshkentda 4ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida, 10 avgust kuni kechqurun soat 18:30 atrofida bir yo‘la to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir etilgan.
Sputnik xabarida keltirilishicha, Nexia, Mazda, Lacetti va Spark rusumidagi avtomobillar ishtirokida avariya sodir etilgan.
Guvohlarning fikricha Mazda avtomobili rulida bo‘lgan qiz taqiqlangan manyovrlarning birini amalga oshirishga uringan — belgilanmagan joyda avtomobilni burmoqchi bo‘lgan va bu bilan avariyani yuzaga keltirgan.
Avtohalokat oqibatida voyaga yetmagan bola jabrlangan.
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ro‘y bergan YHT borasida hech qanday izoh bermagan. Shu bois, avariya yuzaga kelishi sababi hozircha noma'lum.
"Nafaqat yigit (Lacetti haydovchisi) balki Spark mashinasida bo‘lgan yosh bolacha ham jabrlandi. Go‘dak avtomobilning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan edi, avariyadan keyin u butkul qonga belandi. Lacetti haydovchisi aybdor, u go‘yo shamolday tezlikda kelayotgan edi. Keyin bizni, ya'ni "Nexia" avtomobilimizni turtib o‘tdi va "Spark"ka borib urildi, keyin "Mazda…Tezlikni oshirishni bas qiling!!! Axir bundan faqatgina poygachi-haydovchilargina emas, balki boshqa odamlar ham jabr ko‘rmoqda! Eng asosiysi — bolalar jabrlanmoqda!!! Axir u bolacha hali juda yosh edi!", — deb yozgan ijtimoiy tarmoqlarda avariyaga guvoh bo‘lgan ayollardan biri.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Toshkent shahrida so‘nggi vaqtlarda YHTlar soni haddan ziyod ortib ketgani haqida ta'kidlashgan.
"So‘nggi bir necha kun ichida avariyalar soni 10dan oshib ketdi", deb yozgan ulardan biri.
Mavzuga oid
09:20 / 12.11.2024
Navoiy ko‘chasida Lacetti yonib ketdi
14:49 / 13.09.2024
Lacetti'dagi yong‘in sabab UzAuto Motors va uning dileriga ish qo‘zg‘atildi
00:14 / 12.09.2024
Farg‘onada sog‘ligi yomonlashgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, YTH sodir etdi va halok bo‘ldi
16:23 / 29.07.2024