Fan-texnika | 18:26 / 12.08.2016
5762
2 daqiqa o‘qiladi

Google bino ichida harakatlanuvchi dronni patentladi

Dronlarni qo‘llash uchun variantlar ko‘p: ular yordamida nafaqat roliklar tasvirga olish mumkin, balki borish qiyin bo‘lgan hududlarga kichik yuklarni yetkazish yoki Airbus kompaniyasi kabi samolyotlarning parvozoldi tekshiruvini o‘tkazish mumkin. Maqsadlar qanday bo‘lmasin, odatda gap dronlarning ochiq havoda qo‘llanilishi haqida boradi. Google mutaxassislarida ajoyib g‘oya paydo bo‘ldi - kvadrokopterlarni bino ichida qo‘llash va ularni teleishtirokning mobil tizimiga aylantirish. 

  Kompaniya ajoyib dron turlariga patent oldi. Hujjatlarga ko‘ra, Google kichik qurilmalarni kamera va displey yoki hattoki projyektorlar bilan ta'minlab, bunday modellar orqali videokonferensiyalar o‘tkazishni taklif qilmoqda. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mobil tizim istalgan joyda majlis o‘tkazish imkonini beradi. 

  Google'ning bunday dronlar bilan qachon shug‘ullanishi noma'lum, lekin bu yaqin orada amalga oshmasligi aniq. Zero zamonaviy kvadrokopterlarning avtonom ishlash vaqti kam, shovqin darajasi esa ancha yuqori - bu konferensiya ishtirokchilarini qoniqtirmaydi, albatta. 

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid