Iqtisodiyot | 14:44 / 15.08.2016
18600
1 daqiqa o‘qiladi

GM Uzbekistan Nexia R3 avtomobillarining ilk partiyasini Rossiyaga jo‘natdi

GM Uzbekistan AJ o‘tgan hafta Nexia R3 avtomobillarining ilk partiyasini Rossiya Federatsiyasiga yubordi. 

«Avvalroq jo‘natilgan R2 avtomobillariga qo‘shimcha ravishda, 11-avgust kuni Nexia R3 modelining ilk partiyasi Rossiya Federatsiyaga yuborildi», - deyiladi kompaniya xabarida. 

Ma'lumki, Nexia R3 ikkinchi avlod Chevrolet Aveo (T250 platformasi)ning modifikatsiyalangan rusumidir.

Nexia R3ga 1,5 litr hajmli motor o‘rnatiladi.

Dvigatel besh bosqichli mexanik yoki olti bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi yordamida mashinani harakatga keltiradi. 

Yangi transport vositasining birinchi to‘plamiga ERA-GLONASS, haydovchi xavfsizlik yostiqchasi, ABS, ESC va audiotizim kiradi.