Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Xitoyga investitsiyalar hajmini oshirmoqchi
Apple kompaniyasi Xitoyga investitsiyalar hajmini oshirmoqchi va Osiyo-Tinch okeani hududidagi birinchi tadqiqot va ishlanmalar markazini qurmoqchi. Bu haqda kompaniya rahbari Tim Kuk ma'lum qildi.
Kuk bu haqda Xitoyga safari davomida ma'lum qildi. U Xitoyga oxirgi 4 oy ichida ikkinchi marta tashrif buyurdi. Bu tashabbus kompaniyaning mahsulotlariga ushbu mintaqada talabning keskin tushib ketgani bilan bog‘liq. Bundan tashqari, mahalliy hukumat xorijiy texnologiyalarga nisbatan juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lmoqda.
Apple rahbari Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Chjan Gaoli bilan suhbatda yangi markaz joriy yil oxirigacha qurib bitkazilishini ta'kidlab o‘tgan. Unda xitoylik muhandislar ishlaydi va bu mahalliy hamkorlar va universitetlar bilan aloqa o‘rnatishga imkon beradi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025