Robert De Niroga London markazida butik-mehmonxona qurishga ruxsat berildi

“Oskar” mukofoti laureati, amerikalik aktyor Robert De Niroga London markazida butik-mehmonxona qurish uchun ruxsat berildi. Bu Sky News xabar bermoqda.
Mazkur qaror Vestminsterning shahar kengashi tomonidan qabul qilingan. Wellington Hotel’da 83 ta nomer bo‘ladi. Shuningdek, spa-salon, restoran, yopiq klub va savdo shoxobchalari ishlaydi.
Buyuk Britaniya poytaxtida ushbu mehmonxonani qurish rejasi 2016 yil boshida e'lon qilingan edi. De Nironing ma'lum qilishicha, London – dunyoning yorqin va kosmopolitik shaharlaridan biri hisoblanadi. Mehmonxona Kovent-Garden tumanida barpo etiladi.
Wellington Hotel qurilish ishlari 2017 yil boshida boshlanadi, uning ochilishi 2019 yilga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid

00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi

10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi

21:50 / 23.04.2025