Fan-texnika | 11:33 / 19.08.2016
16068
2 daqiqa o‘qiladi

Galaxy Note 7’ning iPhone'ga nisbatan asosiy afzalliklari

Bu ikki qurilma o‘zaro taqqoslanganda koreya flagmani ustun keladi. Qanday qilib, deysizmi? U holda Galaxy Note 7’ning iPhone farq qiluvchi afzalliklari bilan tanishing:

1. Galaxy Note 7da bir nigoh bilan smartfon qulfini yechishga imkon beruvchi kamalak ko‘z skaneri mavjud.

2. Uning ekrani iPhone 6s Plus'nikiga nisbatan ancha katta — korpus hajmi esa kichik. Galaxy Note 7 qo‘lda ushlash qulay, shuningdek, u cho‘ntakka oson joylashadi.

3. Samsung'ning smartfonlar to‘plamiga S Pen stilusi ham qo‘shib beriladi, bu esa ekranda rasm chizish yoki eslatmalar qoldirishga imkon beradi.

4. Galaxy Note 7 korpusi suvga chidamli — u 30 daqiqa davomida suvda tura oladi. Shuningdek, S Pen suvda ham ishlaydi.

5. Smartfon simsiz zaryadkani ham ko‘tara oladi. 

6. Simsizdan tashqari, Galaxy Note 7 tezkor simli zaryadlashni ham ko‘tara oladi.

7. Koreya ishlab chiqaruvchilarining smartfonidagi orqa panelda yurak urishi datchigi joylashgan. 

8. Galaxy Note 7da shaxsiy fotosuratlar, hujjatlar va ayrim dasturlarni saqlash uchun himoyalangan papka mavjud. Unga faqat ko‘zlarni skaner qilish orqali kirish mumkin.

9. Flagman egasi videoyozishmalardan osongina GIF-animatsiya yarata oladi.

10. Galaxy Note 7’da quloqchinlar uchun teshik mavjud (ma'lum bo‘lishicha, bu teshik iPhone 7’da bo‘lmaydi). 

11. Yangi Samsung qurilmasi egalari virtual reallikning istalgan kontentiga ulana oladi — flagman Oculus garniturasiga mos keladi. 

12. Galaxy Note 7 egasi o‘z xohishiga ko‘ra xotira hajmini kattalashtira oladi — smartfon 256 Gb sig‘imli SD kartalarni ham ko‘tara oladi. 

13. Flagman smartfonlar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi kameraga ega.

Mavzuga oid