Iqtisodiyot | 17:18 / 19.08.2016
7025
1 daqiqa o‘qiladi
«Ohangaronsement» tabiiy konlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ldi
«Ohangaronsement» AJ tabiiy boyliklar mavjud bo‘lgan hududlardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rudasiz foydali qazilma uchastkalaridan foydalanish litsenziyasini beruvchi komissiyasi «Ohangaronsement» AJga litsenziya taqdim etgan.
Xususan, kompaniya Urg‘oz konida ohaktoshlarni va Karaxtoy konida andezibazaltlarni qazib olishi mumkin.
«Ohangaronsement» AJ O‘zbekistonning sement ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalaridan biridir. Kompaniya mamlakat sement ishlab chiqarish sohasida tayyor mahsulot hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.
Mavzuga oid
12:29 / 24.07.2024
Kuvayt O‘zbekiston bilan tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi
20:14 / 11.07.2024
Sement ishlab chiqaruvchilar arzon sement sotayotgan Andijondagi zavod ustidan shikoyat qildi
11:49 / 30.03.2024
NKMKning “Marjonbuloq” konida ekskavatorchini BelAZ bosib ketdi
15:41 / 18.03.2024