Uyquni yaxshilashga yordam beruvchi yo‘l o‘ylab topildi
Turkiya va amerikalik olimlar uyqusizlikdan qochishga yordam beruvchi yo‘lni o‘ylab topishdi. Tadqiqot Social Personality and Psychological Science jurnalida chop etildi. Bu haqida EurekAlert nashri xabar beradi.
Olimlar qayd etishicha, uzluksiz uyqu kishi yonidagi sezgir hamroh borligi bilan ta'minlanadi. Ekspertlar fikricha, bu uxlayotgan kishidagi xavfsizlik hissi paydo bo‘lishiga bog‘liq.
«Bizning natijalar shuni ko‘rsatadiki, insonlar sezgir hamrohlar bilan kamroq uyg‘onib, bezovta bo‘lishadi va ularning uyqu sifatini oshiradi», — deydi Yaqin Sharq texnika universiteti (Anqara)lik tadqiqot mualliflaridan biri Emre Selchuk.
Olimlar Amerikaning Midlife Development loyihasi ma'lumotlari, jumladan, o‘rta yoshli inson hayoti va unga ta'sir etuvchi omillar sifati haqidagi statistikadan foydalangan holda bu xulosaga kelishdi.
Mavzuga oid
21:40 / 03.10.2024
Dunyodagi sayohat qilish uchun eng arzon va qimmat davlatlar ma’lum bo‘ldi
13:48 / 02.10.2024
Nima uchun Everest dunyodagi eng baland cho‘qqiga aylangan? Olimlar javob berdi
09:05 / 02.10.2024
Otalar o‘z farzandini hididan taniy olishi isbotlandi
11:43 / 01.10.2024