Jamiyat | 14:41 / 21.08.2016
8122
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 93 yoshli urush faxriysi butun mamlakatni piyoda kezib chiqdi

AQShda Ikkinchi jahon urushi faxriysi, 93 yoshli Erni Endras mamlakatning g‘arbiy qirg‘og‘idan sharqiy qirg‘og‘igacha bo‘lgan hududni piyoda kezib chiqdi.

Mahalliy nashrlarning ma'lumotlariga ko‘ra, buning uchun janob Endras 2 yilu 10 sarflagan. U ba'zan yo‘rg‘alagan, ba'zan odimlab yurgan. Endi u Tinch okeanidan Atlantika okeaniga qadar masofani yurib o‘tgan yer yuzidagi eng keksa kishidir.

Janob Endras bu ishini Fransiyadan Ikkinchi jahon urushi davrida qolib ketgan kemalardan birini AQShga ko‘chirib keltirish uchun xayriya mablag‘i yig‘ish zarurati sababli amalga oshirgan. Qayd etilishicha, u shunday kemalardan birida sanitar bo‘lib ishlagandi.

Janob Endrasga sayohati davomida turli kishilar hamrohlik qilishgan va uni qo‘llab-quvvatlashgan. U o‘z marafonini 20 avgust kuni Jorjiya shtatida tamomlagan va Atlantika suvlariga tushgan.

 

 

Mavzuga oid