Jamiyat | 00:07 / 21.08.2016
20409
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlikning oshqozonidan 40 ta pichoq chiqarib olindi

Hindistonning Gurdaspur shahrida jarrohlar operatsiya vaqtida bir erkakning oshqozonidan 40 ta pichoq chiqarib olishdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda. 

Ismi oshkor qilinmagan 42 yoshli erkak oshqozonida og‘riqlar va holsizlik shikoyati bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shifoxona boshqaruvchisi, shifokor Jitinder Malxotra bemor ultratovush tekshiruvga yuborilgani va tekshiruv uning oshqozonida "qattiq jism" borligini ko‘rsatganini aytgan. 

Bemor oshxona anjomlarining "ta'mi yoqib qolgani" uchun ikki oy davomida ularni "tanovul qilishga" kuchli xohishi bo‘lganini tan olgan. Shundan keyin bemor muvaffaqiyatli operatsiya qilindi va u yaqin orada shifoxonadan qo‘yib yuboriladi. 

Malxotra bu uning 20 yillik faoliyatidagi eng hayratlanarli holat bo‘lganini tan oldi.

O‘tgan yilning sentabrida Shanghaiist nashri lag‘mon yeyish vaqtida 15 sm lik qoshiqni yutib yuborgan xitoylik ayol haqida xabar bergandi. 27 yoshli ayolni operatsiya qilgan shifokorlar bu tasodifan yuz berganiga shubha bildirishgan.

 

Mavzuga oid