Jamiyat | 16:39 / 22.08.2016
8910
2 daqiqa o‘qiladi

AQShlik ofitsiant rahmdilligi uchun 500 dollar choychaqa oldi

AQShning Dallas shahridagi (Texas shtati) Applebee's restoranida ofitsiantlik qiladigan 32 yoshli Keysi Simmons , keksa ayolga og‘ir damda dalda bo‘lgani uchun ayolning qizi tomonidan 500 dollar choychaqa oldi.

ABC telekanalining mahalliy filiali ma'lum qilishicha, Simmons oziq-ovqat do‘konida asabiylashayotgan qari ayolni ko‘rib qoladi. U ayolning yoniga boradi va sotib olgan mahsulotlari uchun pul to‘laydi.

Ertasi kuni esa Simmons ishlaydigan Applebee's restoraniga bir ayol kirib keladi va menyuda bor eng arzon ichimlik – 37 sent turadigan mevali suv buyurtma qiladi. Va aynan mana shu buyurtmasi evaziga unga 500 dollar choychaqa qoldiradi.

Saxiylik sababi qoldirib ketilgan dastro‘molda yozilgan edi. Choychaqani u o‘tgan kun yordam bergan ayolning qizi qoldirgan edi. Ayol onasiga yordam bergan bu odamdan minnatdor ekanligi, yonidan indamay o‘tib ketishi mumkin bo‘lgan vaziyatda, unga mehribonchilik qilgan odamdan rozi ekanligini aytadi.

«Odamlarning kulayotganini ko‘rsam, o‘zimni juda yaxshi his qilaman. Bu narsalar dunyoni yoritadi», — deydi Simmon.

Mavzuga oid