Oltin narxi pasaymoqda
Oltin jahon bozorida AQSh Federal zaxira tizimining AQSh iqtisodiyoti yaxshilanishi haqidagi izohlaridan keyin arzonlashmoqda.
22 avgust Toshkent vaqti bilan 18:40 da oltinning bir untsiyasi 1337,48 dollardan sotilgan. 19 avgust, juma kunidagi savdolar yopilishi oldidan uning narxi 1341,22 dollarni tashkil qilgandi.
Dollar narxi AQSh FZT boshlig‘i o‘rinbosari Stenli Fisher 21 avgustda AQSh markaziy banki o‘zining to‘liq bandlik va 2 foizlik inflyatsiyani ta'minlash bo‘yicha maqsadlariga erishishga yaqin turganini aytgandan keyin ko‘tarildi.
Kumushning bir untsiyasi 18,966 dollardan (juma kungi savdolarda 19,29 dollar), platina 1110,00 dollardan (1.110,50 dollar), palladiy esa 706,25 dollardan (708,00 dollar) sotilgan.
Mavzuga oid
08:10
Aleksandr Darchiyev RFning AQShdagi yangi elchisi bo‘lishi mumkin
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024