Light | 16:23 / 24.08.2016
25523
4 daqiqa o‘qiladi

Qaysar farzand bilan kelishishning oson va to‘g‘ri yo‘li

Har bir insonga farzandi bir soniya ichida o‘zgarib qolishi tanish holat bo‘lsa kerak: mana hozir u biron narsa istaydi-da, bir necha soniyalar o‘tgach, qovog‘ini uyganicha "Xohlamayman!" deydi. Yana onalarning «Nega?», «Nima bo‘ldi?» va «Sababi nima?» degan savollari javobsiz qoladi.  

Loren Tamm ko‘p yillar davomida  og‘ir kasalga qarab kelgan, hozir esa baxtli rafiqa va ona. U farzandlar bilan kelishish juda mushkul ekanini tan oladi. Yomon xulqning sababi aslida nimada?

Loren xonim birinchi navbatda ota-onalar quyidagilarga e'tibor qaratishini maslahat beradi: tug‘ilgan vaqt va 3 yoshga qadar bolalar xulqi hissiyotlarga javob beruvchi miya qismi tomonidan boshqariladi. Har soniyada bola miyasida 700ta yangi neyronlar shakllanadi! Shu sababli farzandlar quloq solmaydi — sababi, ularning sho‘xligida emas, bu rivojlanish vaqtida bosh miya yanada faolroq shakllana boshlaydi, bola xulqiga esa hissiyotlar mas'uldir.

Aynan shu sababli bolalar ota-onaning «Nega?», «Nima bo‘ldi?», «Nima sababdan bu ishni qilding?» yoki «Nega yig‘layapsan?» kabi mantiqiy savollariga javob bera olmaydi. Bolalar nega buni xohlashini yoki ayni damda istamasligini tushuna olishmaydi. Ular faqatgina o‘sha vaqtda istayotgan narsalari bo‘lishini istashadi, xolos. Hissiy impulslar ta'siri ostida bolalar savollarga yig‘lamsirab, baqirib yoki mavzuga doir bo‘lmagan so‘zlar bilan javob qaytarishadi. Yoki aksincha, hech nima demay, jim o‘tirishadi.

Loren bu haqida bilgach, 2 yoshli o‘g‘li bilan muloqotning yangicha usulini o‘ylab topdi. 

«Keyingi safar, o‘g‘lim nonushtaga non yeyishini istaganida, men barchasini tayyorlab berdim, u esa xo‘mrayib, nonni yerga tashlab yubordi: „Bo‘ldi, bu nonni yemayman!“, men u bilan bahslashmaslikka va ko‘p savollar bermaslikka qaror qildim. U chindan ham nima sababdan, yaqinda tayyorlangan, mazali nonni yegisi kelmayotganini biladi. Uning miyasida yengib bo‘lmas hissiy  impuls shunday deydi: „Bas, istamayman!“.

Men esa quyidagicha javob qaytara boshladim: „Yaxshi, hozir yeyishni istamasang, keyinroq yeyishing mumkin“ va to‘xtab turdim.

Mening o‘g‘lim bir necha daqiqa o‘ylanib turdi va chindan ham istashini tushunib yetdi. Men chetga o‘tib, o‘zim uchun qahva tayyorladim...
3, 2, 1...

Mutlaqo rad etganidan so‘ng bolam qaytib keldi va nonni yeyishni istashini aytdi. Ajoyib emasmi? 7 daqiqa tinch turib, o‘g‘limning roziligiga ham erishdim».

Yodda tuting: bolalar bilan tortishish kerak emas, ularning hissiyotlarini qabul qiling, farzandingizni quchib, o‘z xohishlari haqida bir qarorga kelishiga vaqt bering. Chunki u sizga ko‘rsatmoqchi bo‘lgan barcha narsa  — ayni damda u nimani istashi yoki istamasligidadir.

Mavzuga oid