Sport | 15:57 / 24.08.2016
19962
4 daqiqa o‘qiladi

Olimpiya chempionlarining kundalik 7 odati

Insoniyat samaradorlik ketidan quvib, kishilar hayot tarzini butunlay o‘zgartirishga qodir bo‘lgan kundalik odatlarni qadrlashni o‘rgandi. Tonggi meditatsiya, jismoniy mashqlar, qat'iy parhez va boshqalar ana shunday odatlar sirasiga kiradi. Olimpiya chempionlari qat'iy kun tartibiga rioya qilishadi, ularning jadvali bo‘shashishga imkon bermaydi. Chempionlarning bu kundalik odatlari ularni haqiqatda oltin sari yetaklaydi!

1. To‘g‘ri hordiq chiqarish

Og‘ir ishlardan keyin kuchlarni qayta tiklash va musobaqalar oldidan hordiq chiqarish tayyorlanish jarayonining shunday muhim qismiki, ba'zan sportchilar o‘zlarini dam olishga majbur qilishlariga to‘g‘ri keladi. Hatto to‘xtashni istamasa ham, kelajak uchun kuch saqlash kerak. Bunday yondashuv har qanday sinovlarga tayyor turishga imkon yaratadi. 

2. To‘g‘ri ovqatlanish odati

Haddan tashqari qat'iy parhez ko‘pincha o‘zini qiynab qo‘yishga olib keladi. Havaskor sportchilarning ba'zilari bunday tartibga chiday olmay, jizzaki bo‘lib qolishadi. O‘z ishining mahoratli ustalari esa me'yorni saqlab turish uchun to‘g‘ri ovqatlanish kerakligiga ko‘nikishgan. Sport ustalari uchun taomning eng avvalo yuqori ozuqaviy qiymati ahamiyatga ega. 

3. Uyqu

Tez uyquga ketish Olimpiadaga tayyorlanish jarayonidan o‘tgan barcha sportchilarga tanish. Uyquga ketishdan avval asal solingan issiq sut ichib, derazalarni ochsangiz, tez va xotirjam uxlaysiz.

4. Maqsadlarni vizuallashtirish

Oddiy va tushunarli maqsad kelajakni dasturlashga imkon yaratadi. Olimpiadada yuksak pog‘onalarni ko‘zlovchi har qanday sportchi bu haqida so‘zlab berishi mumkin. Yaqin kelajak uchun ustuvor maqsadlarni to‘g‘ri belgilash barcha uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. Useyn Bolt — yugurish bo‘yicha chempion, bir kunda 9 soat atrofida uxlaydi va ertalabki mashqlardan keyin mizg‘ib olishni ham xush ko‘radi. 

5. O‘ziga bo‘lgan ishonch

Sportda ruhiy holatga juda ko‘p narsa bog‘liq. O‘ziga va kuchiga bo‘lgan ishonch sport maydonlarida mo‘'jiza yaratishga qodir bo‘ladi. Dunyo miqyosidagi sportchilar “yulduzlik kasali”ga uchramasliklari muhim – bu ularning natijalariga faqat ziyon yetkazishi mumkin.

6. Nojiddiylik 

G‘alaba va mag‘lubiyatlar katta kuchga ega – ular insonni cho‘qqiga chiqarish va u yerdan irg‘itib yuborishga qodir. Ko‘plab munosib kishilar hamma narsaga haddan tashqari jiddiy munosabatda bo‘lganliklari sabab yo‘ldan chekinishgan. Ma'lum ma'noda jiddiylikni kamaytirish muvaffaqiyat va omadsizliklarni ortiqcha ko‘ngilsiz asoratlarsiz qabul qilishga o‘rgatadi.  

Ertalabki uyquni qanchalik yaxshi ko‘rishingizga qaramay, o‘zingiz uchun qoida o‘rnatib oling – yaxshi nonushta insonni kun bo‘yi tetik tutadi. Unutmang, nonushta qilmaslik yoki bir finjon qahva bilan chegaralanish sog‘lig‘ingizga putur yetkazadi.

Mavzuga oid