Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviyada ish tashlagan konchilar mamlakat IIV rahbari o‘rinbosarini o‘ldirishdi
Boliviya IIV rahbari o‘rinbosari Rodolfo Ilyanes ish tashlash namoyishini o‘tkazayotgan konchilar tomonidan garovga olindi va o‘ldirildi. Bu haqda Boliviya IIV rahbari Karlos Romero ma'lum qilgan. Ilyanes konchilar bilan muzokara o‘tkazish uchun yo‘l olgan bir paytda garovga olingan edi.
Amaldorning o‘limini mamlakat mudofaa vaziri Reymi Ferrera ham tasdiqlagan. Uning aniqlik kiritishicha, Ilyanesni o‘lib qolguncha kaltaklashgan.
Ilyanesni garovga olganlar mahalliy radiostansiyaga intervyu bergan va amaldorni ozod etish shartlari sifatida hukumat mehnat qonunchiligini o‘zgartirishi va muzokaralar olib borishi zarurligini ilgari surishgan edi.
56 yoshli amaldorni Panduro shahrida garovga olishadi. Amaldor u yerga konchilar tomonidan to‘silgan avtomagistralni ozod etishlarini so‘rab, yo‘l olgan edi.


Mavzuga oid
18:39 / 02.05.2025
Boliviyada bortida besh kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi
18:51 / 17.12.2024
Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni hibsga olishga order berdi
22:37 / 27.10.2024
Boliviya sobiq prezidenti Evo Moralesga suiqasd uyushtirildi
17:12 / 23.09.2024