Jamiyat | 15:34 / 26.08.2016
7332
1 daqiqa o‘qiladi

Nepalda avtobus yuz metr balandlikdan daryoga ag‘darilib ketdi

26 avgust kuni Nepalning markaziy qismida joylashgan Trisuli daryosiga yo‘lovchi avtobusi quladi. Oqibatda 21 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, salonida 41 kishi bo‘lgan avtobus deyarli 100 metr balandlikdan pastga qulagan. Qutqaruvchilar suvdan 17 yo‘lovchini olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Yo‘lovchilardan uch nafari izsiz g‘oyib bo‘lgan.

Fojia sabablarini surishtirish ishlari boshlab yuborilgan.

 

Mavzuga oid