Jahon | 20:23 / 26.08.2016
25536
1 daqiqa o‘qiladi
Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi muzokaralar tafsilotlari ma'lum bo‘ldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Xitoyda 4-5 sentabr kunlari G20 sammiti vaqtida uchrashishga kelishib oldilar, deb xabar bermoqda Erdo‘g‘an ma'muriyatiga iqtibos keltirgan holda Anadolu axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, Putin va Erdo‘g‘an Suriyaning Halab shahriga gumanitar yordam yetkazishga kelishib olganlar. Erdo‘g‘an Putinni Suriyadagi operatsiya tafsilotlaridan xabardor qildi va jangarilarga qarshi birgalikda kurashishning muhimligini ta'kidlab o‘tdi.
Ta'kidlanishicha, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirishni ham muhokama qilishgan.
Mavzuga oid
08:50 / 01.10.2024
Putin RF Xavfsizlik kengashi tarkibini 35 kishigacha kengaytirdi
23:50 / 30.09.2024
Putin va uning administratsiyasi xarajatlari 25 foizga oshadi
23:02 / 25.09.2024
Putin: «Bizga oddiy qurol bilan hujum ham yadro zarbasiga asos bo‘ladi»
19:43 / 25.09.2024