Jahon | 12:18 / 27.08.2016
13003
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh hukumati startapchilar uchun 5 yillik vizalar berilishini ma'lum qildi

Illyustrativ surat / state-usa.ru

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati xorijiy startapchilarga mamlakatda ko‘proq qolish imkonini beradigan yangi qonun loyihasini taqdim qildi. Bu haqda Recode xabar bermoqda.  

Hujjat 26 avgustda taqdim qilindi. U Kongressning roziligini talab qilmaydi, biroq 45 kunlik jamoatchilik muhokamasidan o‘tishi kerak.

Agar qonun qabul qilinsa, startapchilar AQShda 2 yil davomida, vizani bir marta 3 yilga uzaytirish imkoniyati bilan qonuniy ishlashlari mumkin bo‘ladi.

Bunday ruxsatni olish uchun xorijiy fuqaro AQShda tashkil etilgan, kamida 100 ming davlat granti yoki portfelida muvaffaqiyatli loyihalari bo‘lgan jamg‘armadan kamida 345 ming dollar investitsiya olgan startapning 15 foiziga egalik qilishi kerak. Shuningdek, startapchi loyihada faol ishitrok etishi lozim.

Shu bilan birga startap tez o‘sish uchun salohiyatga va yangi ishchi o‘rinlari yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 

Bunday vizalar g‘oyasini PayPal hamasoschisi, 1991 yilda sobiq ittifoqdan AQShga ko‘chib o‘tgan Maks Levchin qo‘llab-quvvatladi. "Men ishonamanki, butun dunyodan iqtidorli tadbirkorlar men kabi AQShda o‘z salohiyatini rivojlantirish imkoniyatini oladilar", deb aytdi Levchin.
 

Mavzuga oid