Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgarlar bir ayolni tirilgan imperator qiyofasida millionlab dollarga aldashdi
Xitoyning ikki fuqarosi o‘ziga to‘q ayoldan 47 mln yuan (7 mln dollar) undirishda aybdor deb topildi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Chjen Syuetszyuy ismli ayol 2012 yilda Shenchjen shahrida bank ochmoqchi bo‘lgan. Firibgarlardan biri o‘zini ayolga 300 yil avval o‘lgan, Tsin sulolasidan bo‘lgan Tsyanlun imperatori sifatida tanishtirgan. U ayolga "hayot eliksirini" ichib tirilgani va o‘z boyligini qaytarib olmoqchiligini aytgan. Uning sherigi esa o‘zini moliyachi deb atab, ayolni "imperatorning muzlatilgan pullarini" qaytara olishda yordam bera olishiga ishontirgan.
Shundan keyin firibgarlar ularga Taybeydagi imperatorlik saroyi muzeyi kolleksiyasiga kiruvchi "jadeit karam" – yashil rangdagi ma'dan – jadeitdan yasalgan haykalchani sotib olish uchun 2,22 mln yuan (330 ming dollar) kerakligini aytishgan.
Bundan keyin ayol firibgarlarga "daromadli" moliyaviy sxemaga 15 mln yuan (2,2 mln dollar) va Shenchjendagi texnologik firmaga investitsiya sifatida 30 mln yuan (4,5 mln dollar) bergan.
Nashrning ta'kidlashicha, firibgarlar undirilgan pullarning katta qismini ko‘chmas mulk, mashina va dori-darmonlar sotib olish uchun ishlatgan.
Tsyanlun imperatori Tsin sulolasining oltinchi manchjur imperatori bo‘lgan hamda Xitoyni 1736 yildan 1795 yilgacha boshqargan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025