Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pittsburg ko‘chalarida o‘zi harakatlanadigan Uber taksilari paydo bo‘ldi
AQShning Pensilvaniya shtati Pittsburg shahri fuqarolari, haydovchisiz harakatlanadigan Uber mashinalariga duch kela boshlashgan. Gizmodo nashrining yozishicha, ular texnik jihatdan haydovchisiz harakatlanadigan mashinalar hisoblanishmaydi. Uning haydovchi o‘rindig‘ida mutaxassis o‘tiradi va zarur bo‘lganda boshqaruvni o‘z ixtiyoriga oladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Xelen Rosner, Uber bu turdagi mashinalari takomillashtirilgan Volvo rusumlaridan iborat bo‘lishini bildirganiga qaramay, shaharda o‘zi boshqariladigan Ford mashinasiga duch kelgan.
Shunday qilib, Pittsburg AQShning Uber taksi kompaniyasiga qarashli o‘zi yuradigan mashinalar paydo bo‘lgan birinchi shahriga aylandi. Kompaniyada ma'lum qilishlaricha, vaqt o‘tib, bu kabi transport vositalari nafaqat xavfsiz, balki arzon ham bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:30 / 30.03.2025
Olimlar Sibir kuydirgisining oxirgi bosqichini ham davolash usulini aniqladi
16:19 / 21.01.2025
Toshkentda taksichi uxlab qolgan yo‘lovchi nomiga 12 mln so‘m kredit oldi
11:04 / 04.12.2024
Uber Hindistonda suv taksisi xizmatini ishga tushirdi
20:14 / 28.11.2024