Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slow Dance – vaqtni sekinlashtiruvchi ramka
Jyeff Libermanning Slow Dance nomli ramkasi — barchani o‘zining g‘aroyib xususiyatlari bilan lol qoldiruvchi noodatiy interer gadjyet. Sababi istalgan yengil buyum qurilma ichiga o‘rnatilsa, xuddi sekinlashtirilgan tasvir rejimi (slow motion)da harakatlanadi.

Ramkaga joylashtirilgan buyumlar (nozik gullar, novdalar, yengil pat va yaproqlar)ni sloumoushnda harakatlantiradigan tizim oddiy elektromagnit mexanizmidan iborat.

Aslida u obektlarni tebrantiradi, LED chiroq perimetri bo‘yicha joylashgan yoritgich 1 soniya ichida 80 marta o‘chib-yonib, ularni yoritib turadi. Natijada harakatning bir qismi yashirinuvchi ko‘rinmas stroboskopik effekt hosil bo‘ladi.


Slow Dance ramkalarida bir necha rejimlar mavjud. Ular buyumlarning turli maromda - eng sekindan amplitudali va o‘ta kuchligacha tebranishini ta'minlaydi. Qurilmani avvaldan buyurtma qilish orqali 249 dollarga sotib olish mumkin. Uning o‘lchamlari: 31.75x36.83x5.08 sm, og‘irligi - 1.3 kg.
Mavzuga oid
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
15:24 / 28.03.2025
Xitoyda dunyodagi ilk birinchi yordam ko‘rsatuvchi robot taqdim etildi
15:25 / 24.03.2025