Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada 52ta mushukni o‘g‘irlagan shaxs qidirilmoqda
Avstriya poytaxti Vena shahridan janubi-sharqda joylashgan Frauenkirxen shahrida 52 yaqin mushuk keyingi 2 yil davomida izsiz yo‘qolgan. Jonivorlarni himoya qilish jamiyati ma'lumotiga ko‘ra, bu mushuklar mushuk o‘g‘risi qurboniga aylangan.
The Local ma'lumotiga ko‘ra, g‘oyib bo‘lgan mushuklardan 40tasi uy jonivorlari edi.
Jonivorlar himoyachilarining aytishicha, noma'lum shaxs mushuklarni qiynash uchun o‘g‘irlaydi, bungacha yo‘qolgan mushuklardan 6tasi og‘ir jarohatlar bilan uyga qaytgan.
Mushuklari yo‘qolib qolgan kishilar politsiyaga murojaat qilmagan. Aytilishicha, ular mushuklarini qiynagan shaxs o‘zlariga ham hujum qilishidan qo‘rqishgan.
Xabarda qandaydir kishi shahar ahlini qo‘rquvda ushlab turgani aytilgan.
"Bu shaxs ushlanishi va jazoga tortilishi shart", degan jonivorlarning manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi Burgenländischen Tierrettung tashkiloti rahbari Biyerbaum.
U bu masalada politsiya bilan doimiy aloqada bo‘lib turganini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
23:34 / 26.05.2025
Germaniyalik er-xotin yo‘qolgan mushugini qidirishga 22 ming dollar sarfladi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025