Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada o‘rmon yong‘inlari kuchaydi
Indoneziyaning Riau viloyatida 27 avgust kuni 30ta o‘rmon yong‘inlari o‘chog‘i qayd etildi. Bu haqda Straits Times xabar bergan.
Indoneziya aeronavtika va kosmos milliy instituti (LAPAN) ma'lumotiga ko‘ra, mamlakat g‘arbidagi Riau viloyatining katta hududini o‘rmon yong‘inlari qamramoqda.
Bundan oldingi xabarlarda yong‘inlar qo‘shni Singapur aholisiga ham ta'sir ko‘rsatayotgani aytilgandi.
Ayni vaqtda jami 5ta viloyatda - Jambi, G‘arbiy Kalimantan, Riau, Janubiy Sumatra va Janubiy Kalimantan viloyatlarida kuchli o‘rmon yong‘inlari tufayli trevoga e'lon qilingan.
Riau viloyatining o‘zida yong‘inga qarshi kurash ishlariga 7,2 ming kishi jalb etilgan. Sumatra va Kalimantanda o‘t o‘chirish ishlarida 17ta vertolyot va samolyot ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025