“Yil imomi – 2016” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
“Yil imomi – 2016” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2016 yil 15 apreldagi 01A/19 sonli buyrug‘i hamda Nizomidan kelib chiqqan holda viloyat vakilligi qoshida tashkil qilingan “Maxsus Hay'at” tomonidan 2016 yilning 22 avgust kuni Zangiota tumanidagi “Zangiota” jome masjid binosida shahar va tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazildi. Mazkur bosqichda jami 15 nafar imom-xatib ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portali.
Hakamlar imom-xatiblarni bilet savollariga javoblari, shuningdek, o‘z ustida ishlashi, izlanishi, OAVda dolzarb mavzularda chiqishlari, masjidda amalga oshirgan obodonlashtirish ishlari, imomning faoliyati davomida erishgan yutuqlari, ma'ruzalarining ta'sirchanligi va boshqa fazilatlarini inobatga olib, baholadilar.
Tanlov yakuniga ko‘ra 50 ballik tizimda Ohangaron tuman “Abduqaxxor Maxsum” jome masjidi imom-xatibi, Akmalov Abdulxakim Majitovich 45.4 balni qo‘lga kiritib 1-o‘rinni egalladi. Qibray tumani “Sa'dulla ota” jome masjidi imom-xatibi, Mirxamidov Obid Mirg‘ofir o‘g‘li 45 balni qo‘lga kiritib 2-o‘rinni egalladi. Zangiota tumani “Imomi A'zam” jome masjidi imom-xatibi, Shokirov Ilyos Abdisaidovich 44 balni qo‘lga kiritib 3-o‘rinni egalladi. Tanlov g‘oliblari – Ohangaron tumani “Abduqaxxor Maxsum” jome masjidi imom-xatibi, Akmalov Abdulxakim Majitovich tanlovning respublika bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.
Mavzuga oid
14:19 / 05.12.2023
“Yil imomi – 2023” ko‘rik tanlovi g‘olibiga Haj safari yo‘llanmasi berildi
15:25 / 29.11.2022
«Yil imomi – 2022» tanlovi g‘oliblariga Haj va Umra yo‘llanmasi berildi
22:09 / 10.03.2021
Rustamjon Hamidov O‘zbekistonda «Yil imomi» deb topildi
15:49 / 14.06.2018