Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saratovda o‘zbekistonlik muhojirlar mingan 3ta avtobus to‘xtatildi
Rossiyaning Saratov viloyati politsiyasi ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 3ta avtobusni to‘xtatgan. Bu haqda IIVning hududiy boshqarmasi boshlig‘iga asoslangan holda RIA Novosti xabar bergan.
Xabarda qayd etilishicha, Krasnodardan Toshkentga o‘zbekistonlik 135 nafar fuqaroni olib ketayotgan avtobuslar Verxniy Kurdyum qishlog‘ida to‘xtatilgan.
Xabarda aytilishicha, "Hujjatlarni tekshirish chog‘ida aksariyat yo‘lovchilar Rossiya hududida bo‘lish tartibini buzgani" aniqlangan.
Yo‘lovchilar va avtobus haydovchilaridan iborat 105 kishi migratsion qonunchilikni buzgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
09:09 / 11.02.2025
Ukraina dronlari Saratov oblastiga hujum qildi
21:41 / 27.12.2024
Rossiyaning Saratov oblastida migrantlarga yana 3 sohada ishlash taqiqlandi
15:52 / 11.12.2024
Saratov oblastida harbiy aerodromga hujum haqida ma’lum qilindi
14:35 / 26.08.2024