AQShda avtomobilda uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi
Amerikalik poygachi Brays Menzis avtomobilda uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U Pro2 poyga pikapida 115,64 metrlik masofadan sakrab o‘tdi va shu tariqa Ginnesning rekordlar kitobiga o‘z nomini qayd etdi.
Menzis so‘nggi 2016 yilning bahoridan ushbu tryukka tayyorgarlik ko‘rgan. To‘rt oy mobaynida poygachi va uning jamoasi San-Diyego shahrida sinov sakrashlarini amalga oshirishgan.
115,64 metrlik masofaga sakrash Nyu-Meksiko shtatidagi shaharchada amalga oshirilgan. Poygachi darhol o‘z rekordini yangilamoqchi bo‘lgan, ammo keyingi urinish muvaffaqiyatli chiqmagan – amerikalik qo‘nish paytida yelkasini sindirib olgan. Dastlabki urinishining o‘ziyoq Ginnesning Rekordlar kitobiga kirish uchun yetarli bo‘ldi.
Avvalgi rekord amerikalik Tanner Fostga tegishli bo‘lgan, u avtomobilida 101,2 metrlik masofaga sakragan. 2014 yilda fransuz Gerlen Shisheri rekordni yangilamoqchi bo‘lgan, biroq uning urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
.
Mavzuga oid
19:16 / 23.11.2024
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
16:11 / 22.10.2024
Kanadalik erkak itlarni sayr qildirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U bir vaqtda 38 ta itning jilovini ushlab yurgan
19:43 / 21.10.2024
Humanoid robot uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
16:50 / 10.10.2024