O‘zbekiston | 20:43 / 30.08.2016
26692
1 daqiqa o‘qiladi

Sobiq harbiy prokuror Bosh prokuratura qoshidagi departamentga rahbar etib tayinlandi

Shuhrat Uzakov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, 26 avgust kuni Prezident Islom Karimov bu haqdagi farmonga imzo chekdi.

Shu munosabat bilan Shuxrat Uzakov egallab turgan O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari — O‘zbekiston Harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi.

Bunga qadar ko‘rsatib o‘tilgan departament boshlig‘i lavozimida Bahodir Zilyayev faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mavzuga oid