Abe Putin bilan uning Yaponiyaga safari borasida kelishib olmoqchi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe RF prezidenti Vladimir Putin bilan uning "kunchiqar yurt mamlakat"iga tashrifi borasida kelishib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, yapon hukumati rahbari siyosatchi Muneo Sudzuki bilan uchrashuvida ma'lum qilgan.
Rossiya davlat rahbarining Yaponiyaga tashrifi 2014-yil kuzida bo‘lishi kerak edi. Mazkur safar, bundan avval, Abening 2013-yil aprelida Rossiyaga amalga oshirgan tashrifiga javoban tashkil etilishi lozim edi. Biroq, Ukrainadagi vaziyat sababli xalqaro vaziyatning chigallashuvi safarni amalga oshirishga imkon bermadi. Endilikda, Rossiya prezidentining Yaponiyaga tashrifi muhokama etilmoqda. Biroq, hozircha, u rasman tasdiqlangani yo‘q.
"Men Putinning Yaponiyaga tashrifiga oid dasturini batafsil kelishib olmoqchiman", — deya Abe so‘zini keltiradi Kiodo agentligi.
Abe yaqinda Vladivostokda bo‘lib o‘tadigan Sharqiy iqtisodiy forumda qatnashish uchun Rossiyaga boradi. U, anjuman doirasida Putin bilan uchrashadi. Bosh vazir mazkur safar oldidan Rossiya bilan mnosabatlar bilimdoni, siyosatchi Muneo Suzuki bilan fikr almashgan.
Mavzuga oid
10:20 / 12.09.2024
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi boshlandi
12:50 / 15.08.2024
Rossiyadagi «Armiya-2024» forumida 80 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi
12:19 / 13.06.2024
Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi
14:46 / 11.06.2024