Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KIA kompaniyasining yangi ixcham krossoveri
Yaqinda Koreya avtomobilsozlik sanoati vakillaridan biri KIA kompaniyasining yangi krossoveri sinov jarayonlarida ko‘zga tashlangan edi. «Kolyosa.ru» portali o‘ziga xos tashqi ko‘rinishga ega ushbu avtomobil dizayniga oydinlik kiritishga qaror qildi.
Har holda, yangi model old chiroqlari alohida joylashadi. Ya'ni, tepa qismida burilish va kunduzgi chiroqlar, pastda asosiy yoritqich chiroq joylashadi. Bu dizayn, yangi Jeep Cherokee va Nissan Juke orqali yaxshi tanishligini ham qayd etish lozim. Yapon modeli Koreya mashinasiga raqobatchi bo‘lishi aniq.
Mashina yon tomonlari orqa eshik ochqichlari atrofida biroz bukilgan bo‘lishi mumkin. Uning orqa chiroqlari baland joylanib, oynasi anchagina tor bo‘ladi. Raqam o‘rnatiladigan joyi yukxona quyi qismida bo‘ladi.

Mavzuga oid
17:00 / 07.03.2025
Faqat mart oyining oxirigacha Kia avtomobillarini xarid qilish uchun maxsus shartlar
15:10 / 27.02.2025
Jizzaxda Kia dilerlik konferensiyasi: yangi modelning CKD-ishlab chiqarilishi va 2025 yil uchun strategik reja
19:00 / 28.12.2024
Erishilgan yutuqlar e’tirofi : Kia O‘zbekistonni maftun qilishda davom etmoqda
17:00 / 12.12.2024