Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva aeroportlarida 30dan ortiq reys bekor qilindi
Moskva aeroportlarida noqulay ob-havo sharoiti tufayli 30dan ortiq reys bekor qilindi, 24ta reys esa kechiktirildi. Bu haqida TASS agentligi xabar qildi.
Sheremetevo aeroportining o‘zidayoq 4ta reys kechiktirilgan, 19tasi esa bekor qilingan. Domodedovo aeroportida 20ta reys kechiktirilgan, 11tasi bekor qilingan. Vnukovoda birgina reys bekor qilingan.
Manbaga ko‘ra, Moskvada 30 avgust kuni ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir qator reyslar kechiktirilgan. Domodedovo aeroportida 56ta reys kechiktirilgan va bir reys bekor qilingan. Vnukovoda 17ta reys ushlanib qolgan, birgina reys bekor qilingan.
Meteorologlarning xabar qilishicha, 31 avgust kuni Moskvada yana kuchli yomg‘ir yog‘adi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
10:06 / 12.05.2025