Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deyrada qiymati 1 milliard dollarga teng yangi megamoll qad rostlaydi
Qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan yangi megamoll Dubayning Deira tumanida qad rostlaydi va amirlikning eng qadimiy hududlarida yangicha chakana savdoni jonlantiradi.
Misli ko‘rinmagan hajmdagi yangi savdo markazlari «The Deira Islands Mall» degan nomni oladi va 600 ming kvadrat metr maydonni egallaydi va barchaga ma'lum va mashhur Dubai Mall savdo markazidan ham kattaroq bo‘ladi.
Amirlikning eng qadimiy nuqtasi Deira uzoq yillardan buyon chinakam jonlanishga muhtoj edi. Yangi megamoll esa sayyohlar va amirlik aholisini jalb etuvchi yorqin savdo o‘chog‘iga aylanadi.

Savdo markazining dizayni tez orada taqdim etiladi. Yaqindagina juda katta mablag‘lar taniqli Deira Islands loyihasiga safarbar qilingan edi. Dubayda bu loyiha doirasida akvapark, mehmonxonalar, sun'iy orollar va dam olish hamda ko‘ngil ochish uchun barcha zarur maskanlardan iborat arxipelag yaratiladi. Aynan Deira Islands yangi savdo markazi quriladi.
Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
15:34 / 10.04.2025