Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada Zika virusi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi
Malayziya Sog‘liqni saqlash vaziri Zika virusiga chalingan ilk malayziyalik haqida ma'lumot berdi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, Singapurga borib qaytgan ayolda virus aniqlangan.
Bundan tashqari uning qizi ham virusga chalingan. Singapurda keyingi kunlarda Zika virusiga chalinish holatlari qayd etilmoqda.
Zika virusi jinsiy aloqa va onadan homila yo‘ldoshi orqali bolaga o‘tadi, ammo boshqa yo‘l bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamdan odamga yuqmaydi. Chaquvchi Aedes Aegypti chivini Zika bezgagining asosiy tarqatuvchisi hisoblanadi.
Virus hozirgacha Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika, Tinch okeani hududlarida tarqalgani aniqlandi. G‘arbiy yarim sharda ayniqsa tez tarqalmoqda — virus 55 mamlakatdan 21 tasiga kirib bordi. 2015 yilning mayida Zika bilan kasallanganlar faqat Braziliyada qayd qilingandi.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025