Fan-texnika | 17:46 / 01.09.2016
11257
2 daqiqa o‘qiladi

Sobiq taksi haydovchisi yuqori texnologiyali protez qo‘l egasi bo‘ldi

2008 yilda Jon Mateni saraton tufayli chap qo‘lidan ayrilgan edi va o‘sha kundan beri uning hayoti keskin o‘zgardi. Avval u yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan va non sotish bilan shug‘ullangan. Qo‘lidan ayrilgandan so‘ng, u bo‘sh kelmay o‘zini fanga bag‘ishlashga qaror qildi va ixtiyoriy ravishda zamonaviy protezlash metodlari bo‘yicha o‘tkaziladigan xar hil tajribalarda qatnashib kelmoqda. Hozirgi kunda bu kishi dunyodagi eng zamonaviy, aql bilan boshqariluvchi protez qo‘lga ega. 

Uning sun'iy qo‘li juda ham harakatchan va tez javob qaytaradi. Jon protez qo‘li bilan ko‘pgina ishlarni qila oladi: shisha idishlarni va dumaloq narsalarni ushlashga yordam beradi. Quyidagi videorolikda u qo‘l amalda qanday foyda keltirishi qo‘rsatmoqda: qozonga sous solib taom tayyorlamoqda, salat idishiga cherri pomidorlarini solmoqda, qo‘li bilan bolani ushlamoqda va protez bilan boshqa ko‘pgina ajoyib ishlarni qilmoqda. 

Bu ixtiro haqiqatdan ham ajoyib, shunday emasmi? Protezlash sohasida olib borilayotgan bunday ixtirolarni ko‘rib, fantastik filmlarda tasvirlangan kelajak chindan-da yaqinlashib qolganiga shubha qilmaysiz. 


 

Mavzuga oid