Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Obama kurdlarning Manbij hududiga qadam bosmasligiga kafolat berdi
AQSh prezidenti Barak Obama Anqaraga Suriya kurdlarining mudofaa kuchlari mamlakat shimolidagi Manbij shahrini egallab olmasliklariga kafolat berdi. Bu haqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.
Avval Suriya Kurdistonining Moskvadagi vakolatxonasi rahbari Rodi Usmon kurdlar tomonidan yaratilgan "Shimoliy Suriya va Rojava federatsiyasi" hamda Suriya demokratik kuchlari IShIDdan tortib olingan Manbij shahrini tark etmasliklari haqida xabar qilgandi.
"Manbijning 90 foiz aholisi - arablar. Boshqa etnik guruhlar, shu jumladan kurdlar u yerda kamchilikni tashkil qiladi. Men bu haqida Barak Obamaga aytdim va suriyalik kurdlar mudofaasi u yerga kira olmasligini ta'kidladim, u menga buni kafolatladi. Bu kelishuv rasman qayd etildi", - dedi Erdo‘g‘an G20 sammitiga ketishdan avval Anqara aeroportidagi matbuot anjumanida.
Turkiya armiyasi o‘tgan haftada VVS xalqaro koalitsiyasi va Suriya muxolifati ishtirokida mamlakat (Suriya) shimolidagi Jarablus shahrida IShIDga qarshi "Yevfrat qalqoni" operatsiyasini boshlab yubordi. Anqaraning harakatlari Damashqda suverenitetning buzilishi, deya baholandi, operatsiya jarayonida turk harbiylari IShID pozitsiyalariga emas, tinch aholiga hujum uyushtirgani ma'lum qilindi.
Dushanba kuni Turkiya TIV kurdlarga Yevfratdan sharqqa ketishni talab qilib, ultimatum qo‘ydi. AQSh hukumati Turkiyaning kurdlarga bergan zarbalarini tanqid ostiga olib, Anqarani IShID bilan kurashishga diqqatni qaratishga chaqirdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025