Jamiyat | 18:04 / 04.09.2016
13255
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda Yer yuzidagi eng keksa ayol olamdan o‘tdi

Yer sayyorasining eng keksa ayoli Fu Sutsin Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Chendu shahrida 119 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar tarqatgan. 

Marhum o‘z uyida 3 sentabr kuni jon bergan. 

Fu Sutsinning nabirasi aytishicha, ayolning sog‘ligi 1 yildan buyon yomonlashgandi.

U shanba kuni ertalab nonushta qilishdan bosh tortgan. Uning oila a'zolari uni qoldirib nonushta qilishga ketishgan, qaytganlarida esa ayol hayotdan ko‘z yumgandi. 

U 21 avgust kuni 119 yoshini nishonlagandi. Uning deyarli 70 nafar nevara, evara va chevarasi qoldi. 

Carry the Flag World Records tashkiloti 2013 yili ushbu ayolni Yer yuzining eng keksa kishisi sifatida e'tirof etgandi. Ammo boshqa birlashmalar bu ma'lumotni tan olishmagan.

Yer yuzida eng ko‘p umr ko‘rgan kishi 1997 yili 122 yoshida vafot etgan fransiyalik Janna Kalman deb hisoblanadi. 

Mavzuga oid