Jamiyat | 12:38 / 05.09.2016
24661
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda va viloyatlarda Islom Karimov xotirasiga ehson oshi tarqatilmoqda

Bugun Toshkent hokimiyati tashabbusi bilan shaharning bir necha restoranlarida O‘zbekistonning birinchi prezidenti xotirasiga osh berilmoqda.

Ushbu tadbir davlat rahbari dafn marosimi tashkil qilish hukumat komissiyasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, poytaxtdagi «Yakkasaroy», «Charog‘on», «Farovon», «Ummon», «Navro‘z», «Sayohat» restoranlarida 5 sentabr kuni soat 11:00 dan 15:00 gacha osh tarqatiladi. 

Ushbu ma'rakalarga istalgan kishi kelishi mumkin.

Xuddi shunday tadbirlar respublikaning barcha viloyatlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirlarni tashkil qilishga hokimiyat, yirik tashkilot va muassasalar jalb qilingan.

Ma'raka oshi – o‘zbek urf-odatlariga ko‘ra dafn marosimidan keyin marhum xotirasiga beriladi. Odatda bunday marosimlar ortiqcha dabdabasiz, o‘ta kamtarin sharoitda o‘tkaziladi. Osh tortilishidan oldin marhum xotirasiga fotiha o‘qiladi.

Mavzuga oid