Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik Lego konstruktorlaridan oyoq protezini yasadi
Britaniyaning Oldberi shahrida istiqomat qiluvchi Mark Kronin o‘zining oyoq protezini Lego konstruktorlaridan yasadi. Bu haqida The Mirror nashri ma'lum qildi.
Bir necha yil avval Mark diabet kasalligi tufayli oyog‘idan ayrildi va sug‘urta bo‘yicha beriladigan protezni kutib o‘tirmaslikka qaror qildi. U mustaqil ravishda protez yasab, Reddit'da uning rasmini chop etdi.
Britaniyalik kishi qizining Lego'sidan yasalgan protezda yurib bo‘lmasligini aytgan. Keyinchalik u sun'iy protezga ega bo‘ldi, o‘yinchoq protezini esa san'at asari kabi xona burchagiga yasatib qo‘ydi.
Kroninning so‘zlariga ko‘ra, 2013 yilda unga diabet tashxisi qo‘yilgan. Shifokor unga bu kasallikka 2000-yillarning boshidayoq chalinganini, biroq o‘zini namoyon etmaganini aytgan. Tashxis qo‘yilgandan bir yil o‘tib, britaniyalik chap oyog‘idagi barmoqlaridan, keyinchalik esa butun oyog‘idan ajralgan.
Mavzuga oid
07:41 / 29.02.2024
Davlat tomonidan ta’minlanadigan protez moslamalari turi kengaytiriladi
09:39 / 03.01.2022
Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga o‘tiladi
20:37 / 26.11.2021
Britaniyada bemorga dunyoda birinchi bo‘lib 3D-printerda bosilgan sun'iy ko‘z o‘rnatildi
09:23 / 02.07.2021